← Barcha narxlar

Koreyadan avia kargo — 1 kg $10, 5–10 kunda

Janubiy Koreyadan O'zbekistonga hozircha bitta yo'nalish ishlaydi — AVIA. Coupang yoki boshqa koreys do'konidagi xaridingiz Koreyadagi omborimizga keladi va 5–10 kunda Toshkentda bo'ladi.

  • $10 1 kg uchun
  • 5–10 kun

Narx va muddat

  • Kelish muddati: 5–10 kun
Koreyadan avia kargo
Og'irlik (bir partiyada)Narx, 1 kg≈ so'm, 1 kg
Istalgan og'irlik $10≈ 118 000
$50≈ 589 900 so'm

5 kg × $10 / kg. Bir partiyadagi barcha yuklaringiz og'irligini jamlab kiriting.

Markaziy bank kursi: 1 $ = 11 797.46 so'm (17.09.2026)

Qanday yuklar uchun

Koreys do'konlaridan buyurtmalar uchun. Kosmetika olsangiz, e'tibor bering: suyuq mahsulotlar hozircha qabul qilinmaydi.

Narx qanday hisoblanadi

  • 1 kg narxi har qanday og'irlikda bir xil — $10.
  • Katta, lekin yengil qutilar hajm (abyom) vazni bo'yicha hisoblanadi.
  • Eng kam hisoblanadigan og'irlik — 0.2 kg.

Cheklovlar

  • Bir pasportga bir kalendar oyida jami $200 gacha — bojxona chegarasi.
  • Donasi $200 dan qimmat buyum (masalan, texnika) — yuborishdan oldin so'rang.
  • Sinuvchan yuk — buyurtmadan oldin so'rang: maslahatsiz sinib qolganiga javob bermaymiz.

Qanday ishlaydi

To'rt qadam: ikkitasi sizdan, ikkitasi bizdan.

  1. Siz qilasiz

    Manzil va ID oling

    Telegram orqali bir marta yozing — Koreyadagi omborimiz manzili va shaxsiy ID raqamingizni yuboramiz.

  2. Do'kondan buyurtma bering

    Coupang yoki boshqa do'konda odatdagidek xarid qiling: yetkazish manziliga omborimizni va ID raqamingizni yozing, trek raqamini ActiveCargo kabinetingizga kiriting.

  3. Biz qilamiz

    Biz jo'natamiz

    Yuk omborga kelgach tortiladi va eng yaqin avia reysga qo'shiladi. Partiya qayerdaligini «Reyslar» sahifasida kuzatasiz.

    • Kelish muddati: 5–10 kun
  4. Yukingizni oling

    Toshkentga kelgan kuni xabar beramiz. Ofisimizdan olasiz yoki O'zbekiston bo'ylab yetkazib beramiz.

    Tekin yetkazib berish shartlari

O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish

Yuk Toshkentdagi omborimizga kelgach, uni istalgan viloyat va tumanga yetkazamiz.

O'zingiz olib ketish

Chilonzordagi ofisimizdan: 136, Gavhar ko'chasi, Chilonzor, Toshkent.

Manzil va ish vaqti
  • Viloyatlarga

    12 viloyat va Qoraqalpog'iston

    Og'irligi 1kgdan ortiq

    Tekin
  • Toshkent bo'ylab

    Shahar bo'ylab istalgan manzilga

    Og'irligi 5kgdan ortiq

    Tekin

Yetkazib beriladigan hududlar

  • Toshkent viloyati
  • Andijon
  • Buxoro
  • Farg'ona
  • Jizzax
  • Xorazm
  • Namangan
  • Navoiy
  • Qashqadaryo
  • Samarqand
  • Sirdaryo
  • Surxondaryo
  • Qoraqalpog'iston

Taqiqlangan va cheklangan yuklar

Koreyadan hozircha faqat AVIA ishlaydi, shuning uchun havo yo'li cheklovlari amal qiladi.

AVIA

Mumkin emas
Shu yo'nalish

Havo orqali yuborib bo'lmaydi

  • Powerbank va alohida lityum batareyalar
  • Suyuqliklar
  • Atir va parfyum
  • Suyuq kosmetika
  • Aerozol va spreylar
  • Kuchli magnitlar
  • Yonuvchan moddalar
  • Ayrim dori-darmonlar
  • O'simlik va urug'lar
  • Tirik hayvonlar
  • Ayrim radio qurilmalar
  • Ayrim dronlar
  • Qurol va xavfli buyumlar

Hech qaysi yo'nalishda qabul qilinmaydi

  • Giyohvand moddalar
  • Qurol va o'q-dorilar
  • Portlovchi moddalar
  • Radioaktiv va xavfli moddalar
  • Qonun bilan taqiqlangan mahsulotlar
  • Kontrafakt mahsulotlarning ayrim turlari
  • Intim mahsulotlar
  • Oziq-ovqat
  • Qimmatbaho oltin va kumush taqinchoqlar (oddiylari mumkin)

Yukingiz qaysi toifaga kirishini bilmasangiz, buyurtma qilishdan oldin biz bilan maslahatlashing.

Taqiqlangan yuk buyurtma qilinsa, javobgarlik ActiveCargo zimmasida bo'lmaydi.

Ko'p beriladigan savollar

Koreyadan avto yo'nalish bormi?

Hozircha yo'q — Koreyadan faqat AVIA ishlaydi, yuk 5–10 kunda keladi.

Og'ir yuk arzonroq bo'ladimi?

Yo'q: Koreyadan 1 kg narxi har qanday og'irlikda $10. Katta, lekin yengil qutilar hajm vazni bo'yicha hisoblanadi.

Coupang'da o'zim xarid qila olmasam-chi?

Coupang odatda koreys telefon raqamini so'raydi. Mahsulot havolasini yuboring — biz siz uchun sotib olamiz; xizmat haqi 5%, eng kami $10.

Viloyatlarga yetkazib berasizmi?

Ha, barcha viloyat va tumanlarga. 1 kg dan ortiq yuk viloyatlarga, 5 kg dan ortiq yuk Toshkent bo'ylab tekin yetkaziladi. Chilonzordagi ofisimizdan o'zingiz ham olishingiz mumkin.

Yuk yuborishga tayyormisiz?

Telegram orqali yozing — ombor manzili va ID raqamingizni yuboramiz, savollaringizga javob beramiz.