← Barcha narxlar

Xitoydan avia kargo — 1 kg $9.5, 4–9 kunda

Avia kargo (avia pochta) — Xitoydan O'zbekistonga eng tez yo'nalishimiz. Taobao, 1688 yoki Pinduoduo'dagi xaridingiz Xitoydagi omborimizga keladi, haftasiga 2 marta uchadigan reysga qo'shiladi va 4–9 kunda Toshkentda bo'ladi.

  • $9.5 1 kg uchun
  • 4–9 kun
  • Haftasiga 2 ta reys

Narx va muddat

  • Kelish muddati: 4–9 kun
  • Haftasiga 2 ta reys
Xitoydan avia kargo
Og'irlik (bir partiyada)Narx, 1 kg≈ so'm, 1 kg
0.2–20 kg $9.5≈ 112 100
20–60 kg $9≈ 106 200
60 kg dan yuqori $8.5≈ 100 300
$47.5≈ 560 400 so'm

5 kg × $9.5 / kg. Bir partiyadagi barcha yuklaringiz og'irligini jamlab kiriting.

Markaziy bank kursi: 1 $ = 11 797.46 so'm (17.09.2026)

Qanday yuklar uchun

Oddiy buyurtmalar uchun:

  • Kiyim-kechak
  • Oyoq kiyim
  • Sumkalar
  • O'yinchoqlar
  • Oshxona anjomlari
  • Uy buyumlari

Narx qanday hisoblanadi

  • Narx partiyaning umumiy og'irligiga qarab tanlanadi va butun yukka qo'llaniladi.
  • Katta, lekin yengil qutilar hajm (abyom) vazni bo'yicha hisoblanadi.
  • Eng kam hisoblanadigan og'irlik — 0.2 kg.

Cheklovlar

  • Bir xil mahsulot 3 donadan ko'p bo'lsa — bu seriya, AVTO orqali ketadi.
  • Bir pasportga bir kalendar oyida jami $200 gacha — bojxona chegarasi.
  • Donasi $200 dan qimmat buyum (masalan, texnika) — yuborishdan oldin so'rang.
  • Sinuvchan yuk — buyurtmadan oldin so'rang: maslahatsiz sinib qolganiga javob bermaymiz.

Qanday ishlaydi

To'rt qadam: ikkitasi sizdan, ikkitasi bizdan.

  1. Siz qilasiz

    Manzil va ID oling

    Telegram orqali bir marta yozing — Xitoydagi omborimiz manzili va shaxsiy ID raqamingizni yuboramiz.

  2. Do'kondan buyurtma bering

    Taobao, 1688, Pinduoduo yoki boshqa do'konda odatdagidek xarid qiling: yetkazish manziliga omborimizni va ID raqamingizni yozing, trek raqamini ActiveCargo kabinetingizga kiriting.

  3. Biz qilamiz

    Biz jo'natamiz

    Yuk omborga kelgach tortiladi va eng yaqin avia reysga qo'shiladi. Partiya qayerdaligini «Reyslar» sahifasida kuzatasiz.

    • Kelish muddati: 4–9 kun
    • Haftasiga 2 ta reys
  4. Yukingizni oling

    Toshkentga kelgan kuni xabar beramiz. Ofisimizdan olasiz yoki O'zbekiston bo'ylab yetkazib beramiz.

    Tekin yetkazib berish shartlari

O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish

Yuk Toshkentdagi omborimizga kelgach, uni istalgan viloyat va tumanga yetkazamiz.

O'zingiz olib ketish

Chilonzordagi ofisimizdan: 136, Gavhar ko'chasi, Chilonzor, Toshkent.

Manzil va ish vaqti
  • Viloyatlarga

    12 viloyat va Qoraqalpog'iston

    Og'irligi 1kgdan ortiq

    Tekin
  • Toshkent bo'ylab

    Shahar bo'ylab istalgan manzilga

    Og'irligi 5kgdan ortiq

    Tekin

Yetkazib beriladigan hududlar

  • Toshkent viloyati
  • Andijon
  • Buxoro
  • Farg'ona
  • Jizzax
  • Xorazm
  • Namangan
  • Navoiy
  • Qashqadaryo
  • Samarqand
  • Sirdaryo
  • Surxondaryo
  • Qoraqalpog'iston

Xitoydagi omborimiz xizmatlari

Yuk Xitoydan jo'nashidan oldin omborimiz jamoasi uni siz uchun tekshiradi va yo'lga tayyorlaydi.

Mahsulot rasmlari

Yukingiz omborga kelganda rasmga olib yuboramiz — jo'natishdan oldin to'g'ri tovar kelganini ko'rasiz.

  • Yukni ID raqamingiz bo'yicha topamiz
  • Butun holda kelganini tekshiramiz
  • Sotuvchi noto'g'ri mahsulot yuborgan bo'lsa, u hali Xitoyda turganida bilasiz

Ortiqcha qutilarni olib tashlash

Mahsulotning ortiqcha qadoqlarini olib tashlaymiz: quti kichrayadi va hajm vazni kamayadi.

  • Do'konning ortiqcha qutisi va qadog'ini olib tashlaymiz
  • Yukni yo'lga ixcham qilib qayta qadoqlaymiz
  • Hajm vazni kamayadi — katta, lekin yengil yuk arzonroq hisoblanadi

Taqiqlangan va cheklangan yuklar

Havo yo'li eng qat'iy: avia'da mumkin bo'lmagan yuklarning ko'pi avto pochta orqali ketadi, katta va tijoriy yuklar esa AVTO orqali alohida ko'rib chiqiladi.

AVIA

Mumkin emas
Shu yo'nalish

Havo orqali yuborib bo'lmaydi

  • Powerbank va alohida lityum batareyalar
  • Suyuqliklar
  • Atir va parfyum
  • Suyuq kosmetika
  • Aerozol va spreylar
  • Kuchli magnitlar
  • Yonuvchan moddalar
  • Ayrim dori-darmonlar
  • O'simlik va urug'lar
  • Tirik hayvonlar
  • Ayrim radio qurilmalar
  • Ayrim dronlar
  • Qurol va xavfli buyumlar

AVTO POCHTA

Mumkin

Avia'da mumkin emas, lekin avto pochta orqali yuboriladi

  • Powerbank
  • Batareyali elektronika
  • Telefon, planshet, noutbuk — shartlarga qarab
  • Bluetooth quloqchinlar
  • Smart soatlar
  • Batareyali o'yinchoqlar
  • Atir va parfyum
  • Krem, serum, shampun
  • Turli suyuqliklar
  • Ayrim spreylar
  • Magnitli mahsulotlar
Xitoydan avto pochta

AVTO

Alohida ko'rib chiqiladi

Avia va avto pochtaga to'g'ri kelmaydigan yuklar alohida shartlar asosida ko'rib chiqiladi

  • Katta hajmli yuklar
  • Sanoat uskunalari
  • Og'ir ehtiyot qismlar
  • Ko'p sonli bir xil mahsulotlar
  • Ulgurji va tijoriy partiyalar
  • Hajmli mahsulotlar
  • Maxsus qadoqlash talab qiladigan yuklar
Xitoydan avto kargo

Hech qaysi yo'nalishda qabul qilinmaydi

  • Giyohvand moddalar
  • Qurol va o'q-dorilar
  • Portlovchi moddalar
  • Radioaktiv va xavfli moddalar
  • Qonun bilan taqiqlangan mahsulotlar
  • Kontrafakt mahsulotlarning ayrim turlari
  • Intim mahsulotlar
  • Oziq-ovqat
  • Qimmatbaho oltin va kumush taqinchoqlar (oddiylari mumkin)

Yukingiz qaysi toifaga kirishini bilmasangiz, buyurtma qilishdan oldin biz bilan maslahatlashing.

Taqiqlangan yuk buyurtma qilinsa, javobgarlik ActiveCargo zimmasida bo'lmaydi.

Ko'p beriladigan savollar

Avia kargo va avia pochtaning farqi bormi?

Bizda bu bitta xizmat — AVIA: mayda posilka ham, bir necha qutili yuk ham shu yo'nalishda ketadi. Narx partiyadagi umumiy og'irlikka bog'liq: 20 kg gacha 1 kg $9.5, 20–60 kg $9, 60 kg dan ortiq $8.5.

Bir xil mahsulotdan ko'p olsam-chi?

Bir xil mahsulotdan 3 donadan ko'p bo'lsa, yuk seriya hisoblanadi va AVTO orqali yuboriladi: 1 kg $7, 14–19 kunda.

Nega qutim og'irligidan qimmatroq hisoblandi?

Katta, lekin yengil qutilar hajm (abyom) vazni bo'yicha hisoblanadi. Xitoydagi omborimiz ortiqcha qutilarni olib tashlashi mumkin — shunda hajm vazni kamayadi.

Viloyatlarga yetkazib berasizmi?

Ha, barcha viloyat va tumanlarga. 1 kg dan ortiq yuk viloyatlarga, 5 kg dan ortiq yuk Toshkent bo'ylab tekin yetkaziladi. Chilonzordagi ofisimizdan o'zingiz ham olishingiz mumkin.

Yuk yuborishga tayyormisiz?

Telegram orqali yozing — ombor manzili va ID raqamingizni yuboramiz, savollaringizga javob beramiz.